2025 yil 27 oktabr, Samarqand sh. Air Marakanda kompaniyasi tomonidan boshqariladigan Samarqanddagi xalqaro aeroporti parvozlarning rasmiy 2025-2026 kuzgi-qishki parvozlar (KKP) rejimiga o'tdi.

2025 yilgi bahorgi-yozgi parvozlar (BYP) natijalariga ko'ra Samarqanddagi Xalqaro aeroport 900 mingtadan ortiq yo'lovchiga xizmar ko'rsatdi, bu esa o'tgan yildagi ana shu davr ko'rsatkichidan 6,8 % ga ortiq hisoblanadi. Barqaror bo'lgan ijobiy dinamika Samarqandning Markaziy Osiyodagi yetakchi hablartidan biri sifatidagi maqomining mustahkamlanganini namoyish etadi va hududning ishbilarmon kishilar va turistik sayohlar uchun ortib borayotgan jozibadorligiga urg'u beradi.

BYP davrida aeroport marshrut tarmog'i faol kengayishda davom etdi. Ural Airlines aviakompaniyasi samarqanddan Krasnoyarskga, Rossiya janubiy hududining asosiy aviakompaniyasi bo'lgan Azimuth Airlines esa - Samara va Krasnodarga to'g'ridan-to'g'ri aviaparvozlarni yo'lga qo'ydi. Qo'shni va uzoq mamlakatlarga parvozlarni qayta tiklagan aviakompaniyalar aeroport hamkorlariga qo'shildi. Ular orasida Bokuga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'ygan Ozarbayjonning milliy aviakompaniyasi AZAL Airlines, Turkistonda parvozlar bilan Ostonaga muntazam reyslarni amalga oshira boshlagan Qozog'istonning QAZAQ AIR (VIETJET QAZAQSTAN) va Urumchiga reyslarni qayta tiklagan China Southern Airlines bor. 

Centrum Air aviakompaniyasi yo'nalish tarmog'ini rivojlantirishda alohida rol o'ynadi; uning Samarqand xalqaro aeroportida joylashgani Samarqanddan parvozlar geografiyasini sezilarli darajada kengaytirdi. BYP davrida Oʻzbekiston aviakompaniyasi sakkizta yoʻnalishga, jumladan, yangi xalqaro yoʻnalishlarga – Dushanbe, Vladivostok va Xabarovskga – va ichki reyslarga Urganchga parvozlarni amalga oshirdi.

Yo'lovchilar va aeroportga tashrif buyuruvchilarning qulayligini oshirish uchun terminalning umumiy maydoniga qo'shimcha xizmatlar qo'shildi: sartaroshxona, Gate 24/7 oziq-ovqat do'koni va Yess Coffee qahvaxonalar tarmog'i.

Yaqinlashib kelayotgan kuzgi-qishki parvozlar mavsumida hamkor aviakompaniyalar mashhur yo'nalishlar bo'yicha parvozlar chastotasini oshirishda davom etmoqda: Azimuth Airlines aviakompaniyasi Ufaga parvozlar sonini haftasiga uch martagacha oshiradi, Sunexpress aviakompaniyasi Izmirga parvozlar sonini ham haftasiga uch martagacha oshiradi, Ural Airlines esa Moskvaga (Domodedovo aeroporti) har kuni va Yekaterinburgga haftasiga uch marta reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Yangi mavsumda QAZAQ AIR (VIETJET QAZAQSTAN) aviakompaniyasining Qozogʻiston poytaxti Ostonaga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslari ochilishi va Utair aviakompaniyasining Sankt-Peterburgga reyslari qayta tiklanishi kutilmoqda.

Kuzgi-qishki parvozlar rejimiga o'tish an'anaviy ravishda parvozlar jadvaliga o'zgartirishlar kiritishni va past haroratlarda va mumkin bo'lgan ob-havo sharoitida parvozlar uchun xavfsizlik talablarini oshirishni o'z ichiga oladi. KKP rejimiga tayyorgarlik ko'rish doirasida barcha aeroport bo'limlari kompleks texnik va ekspluatatsiyaga tayyorlik tekshiruvidan o'tkazildi. Qor tozalash mashinalari va uchish-qo'nish yo'lagini muzlashga qarshi vositalar bilan ishlov berish mashinalari kabi maxsus uskunalarga texnik xizmat ko'rsatildi. Favqulodda qutqaruv xizmatlari, yer usti xizmat ko'rsatish xizmatlari, shuningdek, aeroportning elektr ta'minoti va yoritish tizimlarini tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Qo'shimcha axborot:

AIR MARAKANDAOʻzbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatidagi birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasining bir qismi boʻlgan Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali uchun mo'jallangan yer usti xizmat koʻrsatish va boshqaruv kompaniyasi. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali ketma-ket uch yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingiga ko'ra Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi o'ntalik qatoridan joy oldi. ACI EUROPE ma'lumotlariga ko'ra, Samarqand aeroporti 2024-yil oxiriga kelib yo'lovchilar oqimining o'sishi bo'yicha o'z toifasida ikkinchi o'rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot xizmati

Tel.: +998 97 907 8767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/

Back to news list