Samarqand Xalqaro aeroporti  (SKD/UTSS) terminali ochilganligining bir  yilligini tantanali nishonladi.

Tadbir doirasida aeroport terminalida mavzuga oid fotohudud, “Sharipov Organization” yosh raqs guruhining chiqishi bo‘lib o‘tdi, “Two Violins” iste’dodli dueti skripkada kuylar ijro etishdi, bahor bayrami “Navro‘z” oldidan mehmonlarga va yo‘lovchilarga sumalak tarqatildi.

Aeroport terminali eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan, mijozlar  uchun xavfsizlik va qulaylik yaratish maqsadida E-gates ni kiritgan holda mustaqil ro‘yxatdan o‘tishdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. SkyTrax turi bo‘yicha u Markaziy Osiyodagi eng yaxshi aeroportlar o‘ntaligiga kirdi va aeroportlar Xalqaro kengashiga a’zo bo‘ldi  (ACI EUROPE).

Samarqand Xalqaro aeroporti  yaqinda ilk bor Quvayt aviakompaniyasi  Jazeera Airwaysni qabul qildi, u O‘zbekistonni Quvayt shahri  va Fors ko‘rfazining kengroq mintaqasi bilan bog‘laydi, shuningdek 18 martdan Qozog‘iston aviatashuvchisi  FlyArystan tomonidan ta’minlangan Olmaota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov qayta tiklanadi. Yaqin yillarda Rossiya byudjet aviakompaniyasi “Pobeda”ning Moskva shahriga aviaqatnovlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda Turkish Airlines, Fly Dubai, Azerbaijan Airways и Wizz Air kabi Xalqaro aviakompaniyalar Samarqanddan muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqdalar.

Air Marakanda o‘zbek aviatsiyasi tarixidagi birinchi xususiy kompaniya hisoblanadi, u davlat-xususiylik sherikligi asosida Xalqaro aeroportni boshqaradi.

Air Marakanda bosh direktorining korporativ aloqalar bo‘yicha muovini Mariya Sharavina shunday dedi: “Bizning bir yilligimizni nishonlayotib va faxr bilan ortga nazar solib, biz maqsadga intilib ishonch bilan oldinga qaraymiz. Bizning komandamiz o‘z faoliyatining har bir jihatini yaxshilashga intiladi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishdan  operatsion samaradorlik va xavfsizlikkacha. Aeroport imkoniyatlarni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish va milliy iqtisodiyotga hissa qo‘shish orqali  odamlarimizni dunyo bilan, dunyoni esa bizning davlatimiz bilan bog‘laydi”.



Back to news list