Samarqand Xalqaro aeroporti hududida yangi terminal ochilganligining bir yilligini nishonlash doirasida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Samolyot va aviatsiyaga ishqiboz fotosuratchilar havo kemalarining havoga uchishi va yerga qo‘nishini eng yaqin masofada turib suratga oldilar.
Tadbir MDH davlatlari va O‘zbekistonning turli shaharlaridan 30 ta professional va ishqiboz fotosuratchilarni birlashtirdi.
Aviaspotterlarni suratga olish jarayoni to‘yingan tarzda o‘tdi: ular perronda soat tungi 1:30 dan boshlab 10 coat mobaynida turli xil samolyotlarni va havo kemalariga xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlarini suratga olishdi. Guruh aerodromning turli nuqtasida turib ko‘proq chiroyli kadrlarni olish uchun doimo aerodrom bo‘ylab ko‘chib o‘tib yurdi.
Shuningdek Airbus ishtirokchilar o‘rtasida havo kemasining eng yaxshi suratiga musobaqa e’lon qilindi, bunda Samarqand aeroportini boshqaruvchi Air Marakanda kompaniyasi Airbus bilan birgalikda uchta sovg‘ali o‘rinni o‘ynadi, g‘oliblarni esa vakolatli jyuri aniqlaydi.