2026-yil 25-fevral, Samarqand. "Air Marakanda" kompaniyasi Samarqand shahridagi xalqaro aeroport terminalining umumiy zonasida kofe shoxobchasini joylashtirish uchun ochiq takliflar qabulini e’lon qiladi.

Lokatsiya

Tijorat maydoni terminalning umumiy (ommaviy) zonasida, xalqaro parvozlar yo‘lovchilari kelish sektorida joylashgan bo‘lib, bu hudud barqaror yo‘lovchi oqimiga ega. Mazkur oqim tarkibiga kutib oluvchilar, kelayotgan yo‘lovchilar hamda ularni kuzatib keluvchilar kiradi.

Kofe shoxobchasi “to-go” formatida yoki kichik o‘tirish hududini tashkil etish imkoniyati bilan ixcham formatda faoliyat yuritishi mumkin (ijarachi konsepsiyasiga qarab).

Tijorat nuqtasining texnik parametrlari

Maydoni: 24 kv. m
Joylashuvi: xalqaro kelish sektori, terminalning umumiy zonasi
Foydalanish formati: kofe shoxobchasi

Biznes uchun afzalliklar

• Barqaror xalqaro yo‘lovchi oqimi
• Kutib oluvchilar va kuzatuvchilar ulushining yuqoriligi
• Yangi terminalning zamonaviy infratuzilmasi
• Brendni mintaqaning eng yirik aeroportlaridan birida joylashtirish imkoniyati

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati — 2026-yil 6-mart.

Lotlar, ishtirok etish shartlari va ariza topshirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot rasmiy veb-saytning “Hamkorlarga” → “Ijarachilarga” bo‘limida mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumot

AIR MARAKANDA — O‘zbekiston Respublikasida aviatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan ilk loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini boshqarish va yer usti xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha operator kompaniya hisoblanadi.

Yangi xalqaro terminal ketma-ket uch yil davomida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha nufuzli World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro reytingida mintaqaviy yetakchilar o‘ntaligiga kiritilgan. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqiniga ko‘ra o‘z toifasida yo‘lovchi oqimi o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Press-xizmat: AIR MARAKANDA
Tel.: +998 97 907 87 67
Email: pr@airmarakanda.com
Sayt: https://samarkandairport.com/

Back to news list