18 iyul 2025, Samarqand. «Air Marakanda» MChJ Samarqand xalqaro aeroportining uchish zonasida tijorat maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha takliflar so‘rovi ochilganligini e’lon qiladi.

Ushbu tijorat maydoni taksi xizmatlarini ko’rsatuvchi ofisni joylashtirish uchun mo’ljallangan.

Ishtirok etishga yoʻlovchi tashish sohasida tajribaga ega bo’lgan hamda yuqori sifatli xizmat koʻrsatish, mijozlar bilan ishlash samaradorligi va ishonchliligini kafolatlay oladigan kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar taklif etiladi.

Lot № 1 — 7, 88 kv.m, umumiy zona

Kompaniyalar uchun afzalliklar.

Yo’lovchilarning kelib tushish zonasi bo’lgan joylashuv taksi xizmatlariga maksimal talab bilan tavsiflanadi.

Xalqaro aeroportidagi ofis brend tan olinishini oshiradigan va mijozlar ishonchini mustahkamlaydigan imidj platformasi vazifasini bajaradi.

Buyurtmalar berishning so’nggi kuni — 9 iyul 2025 yil.

Lotlar, ishtirok etish shartlari va arizalarni topshirish haqida batafsil ma’lumotni rasmiy veb-saytning «Hamkorlar» → "«Ijarachilar» («Партнерам» → «Арендаторам») bo‘limida olishingiz mumkin.

Qo’shimcha axborot:

AIR MARAKANDA — O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatidagi birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini yerga xizmat ko‘rsatish va boshqarish kompaniyasi. «Samarqand» aeroportining yangi xalqaro terminali ketma-ket uch yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroporti reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE ma’lumotlariga ko‘ra o‘z toifasida yo‘lovchilar oqimining o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot-xizmati

Tel.: +998 97 907 87 67

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/

Back to news list