Spikerlar — Samarqand viloyati ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi vakillari:
Mirzaahmad Mamedov — Ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘limi mutaxassisi
Tolib Haydarov — Monitoring bo‘limi vakili
Tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• butunjahon tabiatni muhofaza qilish kunining ahamiyati;
• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli "Yashil iqtisodiyot" to‘g‘risidagi Farmoni va "Yashil makon" milliy loyihasi doirasidagi ishlar;
• kelajak avlod uchun tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar.
AIR MARAKANDA kompaniyasining ekologik tashabbuslari:
• chiqindilarni alohida yig‘ish tizimini joriy etish;
• aeroport hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
• xodimlar uchun eko-odatlar va ekologik madaniyat bo‘yicha doimiy treninglar o‘tkazish;
• aeroport infratuzilmasida barcha amaldagi ekologik standart va talablarga rioya qilish.
Shuningdek, kompaniya ekologik holatni yaxshilash va xavfli chiqindilarni nazorat qilish maqsadida Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi bilan monitoring bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzoladi.
«AIR MARAKANDA» barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishda davom etmoqda va o‘z faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirishga intilmoqda.