2025-yil 28-may, Samarqand. Air Marakanda kompaniyasi hamkori - O‘zbekistonning xususiy aviatashuvchisi Centrum Air Samarqand va Turkiyaning eng yirik shahri - Istanbul o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ydi.
2025-yil 2-iyundan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi Istanbulga haftasiga ikki marta dushanba va payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq parvozlarni amalga oshirishni boshladi:
Istanbuldan uchib ketish 03:05, Samarqandga uchib kelish 9:40.
Samarqanddan uchib ketish 11:40 da, Istanbulga uchib kelish 15:00 da.
Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulga Samarqand xalqaro aeroportidan parvozlarni Turkish Airlines, Uzbekistan Airways va Air Samarkand aviakompaniyasi amalga oshirmoqda.
Aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA - davlat-xususiy sheriklik asosida O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasidagi birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro ayeroportining yer ustida xizmat ko‘rsatish va yangi terminalini boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand ayeroportining yangi xalqaro terminali ikki yil davomida World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro ayeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand aeroporti ACI EUROPE talqini bo‘yicha o‘z toifasida yo‘lovchi tashish o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.