O‘zbekistonda ilk bor Samarqand Xalqaro aeroportida yadroviy va radioaktiv materiallarni aniqlash uchun ajoyib uskuna o‘rnatildi va ishga tushirildi.
Chegaralarda shaffoflikni ta’minlash, hamda yadroviy va radioaktiv moddalarni noqonuniy olib o‘tishning oldini olish uchun AQSh elchixonasi va AQSh energetika vazirligining qo‘llab-quvvatlashi bilan, davlat chegarasidan o‘tayotgan noqonuniy tovarlarni avtomatik tarzda aniqlash uchun Samarqand aeroportining bojxona hududiga zamonaviy uskuna qo‘yib o‘rnatildi.
Ushbu uskuna shunday tuzilganki, yo‘lovchilar oqimiga hech qanday xalaqit bermaydi, bunda Samarqandga uchib kelgan yo‘lovchilarning yuklaridagi buyumlarning yuqori radioaktiv ko‘rinishini ushbu uskuna haqiqiy vaqt rejimida aniqlaydi.
Ta’qiqlangan radioaktiv materiallarni aniqlash tizimi chegaralarda tovarlarni qonuniy olib o‘tish uchun shaffoflikni ta’minlashga imkon yaratadi va shu bilan bunday materiallarning Samarqandga noqonuniy olib o‘tilishining oldini oladi.