Air Marakanda kompaniyasi va Jazeera Airways aviakompaniyasi hamkorligi doirasida Samarqand Xalqaro aeroporti (SKD/UTSS) Al-Quvaytdan birinchi yo‘lovchi samolyotni qabul qildi.Havo kemasini an’anaviy tarzda perronda suv arkasi, ekipajni esa-gullar bilan kutib olishdi.

Jazeera Airways aviakompaniyasining Al-Quvaytga birinchi parvozining tantanali ochilishida Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘ining muovini Dilshod Narzikulov, Air Marakanda kompaniyasi tijorat departamenti direktori Dmitriy Martinenko va Jazeera Airways aviakompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi mintaqaviy menejeri Ildar Abubekirov ishtirok etdilar.

Air Marakanda kompaniyasi tijorat departamenti direktori Dmitriy Martinenko shunday dedi: “Samarqand bilan Quvaytni birlashtirib, biz qadimgi savdo va ziyorat yo‘nalishini O‘zbekiston va Quvayt, Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi mintaqasi o‘rtasida qayta tikladik. Samarqanddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini kengaytirib, biz turistlarga, ziyoratchilarga, ishbilarmonlarga va boshqa shaxslarga yer sharining turli mintaqalaridagi yangi yo‘nalishlarga yanada oson va ishonchli yo‘l ochib beramiz. Bu Xalqaro aloqalarga ega va butun dunyoga mehmondo‘st - yangi O‘zbekistondir “

Endilikda  Jazeera Airways aviakompaniyasi Samarqandni Quvayt Xalqaro aeroporti  (KWI/OKKK) bilan haftada ikki marta, chorshanba va yakshanba kunlari  amalga oshiriladigan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar orqali bevosita bog‘laydi.

Al-Quvayt-Samarqand-Al-Quvayt reyslari Airbus A320- qulay havo kemalarida amalga oshiriladi, Samarqanddan uchish vaqti  soat 11:35 da. Shuningdek ishbilarmonlik va turistik aloqalarni yaxshilash bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalish  Saudiya Arabistoni shaharlari, “islom beshigi” Makkayu - Madinanga borish istagida bo‘lgan-salohiyatli ziyoratchilar orasida talabga ega bo‘ladi.

Aviachiptalarni Jazeera aviakompaniyasi saytida, hamda Samarqand Xalqaro aeroportining aviakassalarida tunu-kun xarid qilish mumkin.



Back to news list