AIR MARAKANDA va Ozarbayjon yo‘lovchi tashish milliy aviakompaniyasi “AZAL” hamkorligi doirasida O‘zbekiston yangi tarixida ilk bor Samarqanddan Bokuga yangi yo‘nalishni tantanali ravishda ochildi.
Bokudan uchib kelgan samolyot AIRBUS A320 Samarqand Xalqaro aeroportiga 5 oktyabr kuni soat 00:00 da kelib qo‘ndi, an’ana bo‘yicha uni suvli arka bilan kutib olishdi, uchib kelgan yo‘lovchilar va aviakompaniya rahbariyati vakillaridan iborat delegatsiyani va birinchi parvoz ekipajini karnay, sunray sadolari ostida, o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analari bilan perronda kutib olishdi.
Samarqanddan Bokuga ochilgan birinchi parvozga bag’ishlangan tantanali tadbirda Samarqand viloyati Xokimining muovini Rustam Kobilov, Samarqanddagi ozarbayjon markazi vakili Odil Mirzoyev, hamda Fly Khiva, AZAL va AIR MARAKANDA kompaniyalari rahbariyatining vakillari qatnashdilar. Bokuga dastlab uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun Samarqand Xalqaro aeroporti terminalida ozarbayjon milliy ashulalari, raqslari va shirinliklari bilan tantana tashkil etildi.
“Bugun yangi va zamonaviy Samarqand aeroporti terminalini boshqarayotgan Air Marakanda kompaniyasi jamoasi uchun katta bayram – biz o‘z hamkorlarimiz AZAL aviakompaniyasi va FLY KHIVA kompaniyasi bilan birgalikda Samarqand va Boku shaharlari o‘rtasida aviaaloqani ochyapmiz. Bu haqiqatdan ham muhim va unutilmas kun, axir O‘zbekistonning eng yangi tarixida ushbu yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘q edi. Biz ishonamizki, ushbu yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Ozarbayjon uchun o‘zaro foydali bo‘ladi, davlatlarimizning tijorat va madaniy aloqalarini mustahkamlaydi. Bu yo‘nalish Markaziy Osiyo mintaqasi bilan aloqani yaxshilaydi va Samarqandni sayohatchilar uchun yanada ochiq qiladi”
Samarqanddan Bokuga parvozlar haftada ikki marta, chorshanba va juma kunlari mahalliy vaqt bilan soat 1:30 da amalga oshiriladi, parvoz davomiyligi – 2 soatu 20 daqiqa.