2022 yil 18 martda Samarqandda Xalqaro aeroport yangi terminalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Samarqand yangi terminalida birinchi xizmat ko‘rsatgan reys Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Samarqandga va ortga parvoz qilgan HY-045/046 reysi bo‘ldi. Muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatgan reys O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy aviatsiyasi tarixidagi yangi bobni ochib berdi.
Samarqand Xalqaro aeroporti, Turizm va madaniy meros Vazirligi, Transport vazirligi, «Uzbekistan Airports» AJ va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Ochilish marosimida 250 dan ortiq kishi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirining birinchi muovini Achilbay Ramatov, Transport vaziri Ilxom Maxkamov, Samarqand viloyati xokimi Erkinjon Turdimov, Uzbekistan Airports boshqarmasi raisi Ra’no Djurayeva, hamda Bosh direktorning «AIR MARAKANDA» operatsion faoliyati bo‘yicha muovini Xilmi Yilmaz tantanali nutq bilan chiqdilar.
Qiymati 80 million dollardan oshiq yangi terminal qurilishining loyihasi O‘zbekiston aviatsiyasi tarixida ilk bor davlat-xususiy hamkori «AIR MARAKANDA» MChJ va davlat hamkori «Uzbekistan Airports» AJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma tufayli amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari O‘zbekistondagi EPS - yetakchi pudratchi kompaniya Enter Engineering tomonidan, Turk muhandislik-loyihalash kompaniyasi Kiklop ning me’moriy yechimi asosida bajarildi.
Bosh direktorning «AIR MARAKANDA» operatsion faoliyati bo‘yicha muovini Xilmi Yilmaz shunday dedi:
"«AIR MARAKANDA» kompaniyasi jamoasi nomidan hukumatimizga va barcha hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiraman, ularning ishtirokisiz bunday katta loyihani amalga oshirishning imkoni yo‘q edi. Chin dildan ishonamanki, “Samarqand” Xalqaro aeroporti mintaqa infratuzilmasining muhim ob’yektlaridan biri sifatida, mahalliy aholi va butun jamiyat uchun ko‘plab ish o‘rinlarini yaratib, iqtisodiy o‘sishni va qo‘shni hududlarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Aeroport – bu siz mamlakatga uchib kelayotganingizda birinchi va uchib ketayotganingizda oxirgi ko‘radigan nuqtadir.Ishonamanki, u O‘zbekistonning tashrif qog‘oziga aylanadi”.
Yangi terminal muntazam parvozlar sonini haftasiga 40 tadan 120 gacha ko‘paytirish, perronni qaytadan yangilash havo kemalarining to‘xtash joylarini 24 ta gacha ko‘paytirishga imkon berdi. Aeroport yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish rejasi yo‘nalishlar sonini 2030-yilga borib 30 tadan oshirishga qaratilgan. Solishtirish uchun 2019 yilda Samarqand aeroportidan 5 ta yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar amalga oshirilgan. Lufthansa Consulting tadqiqot firmasi tomonidan olib borilgan mustaqil tadqiqot yillik yo‘lovchilar oqimini 480 000 dan ikki milliongacha oshirish imkoni istiqbolini ko‘rsatdi.
Yangi aerovokzal majmuasi kam harakatli (harakatlari cheklangan) yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha talablarni inobatga olib xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan. Terminal 29 ta ro‘yxatga olish joyidan, 8 ta uchishga chiqish joyidan, 4 ta teleskopli zinapoyadan, 10 ta pasport nazorati xonasidan, uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun 6 ta Е-gate dan, hamda uchib kelayotgan yo‘lovchilar uchun 15 ta pasport nazorati xonasidan tarkib topgan. Boshqa yaxshilanishlar 3,1 km uchish-qo‘nish yo‘lagi va 24 ta to‘xtash joyidan iborat.
Qo‘shimcha ma’lumot:
AIR MARAKANDA 2020 yilda aeroportni boshqarish, yo‘lovchilar va aviakompaniyalarga pochta, yuk va bagajlarga ishlov berishni qo‘shgan holda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish va samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishni osonlashtirish maqsadida ochildi.