2025-yil 1-avgust, Samarqand. Rossiyaning eng yirik "Aeroflot" aviakompaniyasi Samarqand xalqaro aeroportidan Rossiya Federatsiyasi poytaxti - Moskvaga parvozlar dasturini qayta tikladi.

31 iyuldan boshlab "Aeroflot" Moskva va Samarqand o‘rtasida haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.

Samarqand - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning dushanba, juma va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Samarqanddan uchib ketish soat 07:00 da,

Moskvaga uchib kelish (Sheremetevo aeroporti) soat 09:20 da.

Moskva - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar payshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Moskvadan uchib ketish (Sheremetevo aeroporti) soat 23:40 da,

Samarqandga uchib kelish soat 06:00 da.

Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Parvoz vaqti - 4 soat 20 daqiqa.

Parvozlar zamonaviy o‘rta masofaga mo‘ljallangan Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, oktyabr oyidan boshlab aviakompaniya qatnovlarni kunlik parvozlargacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning aeroflot.ru rasmiy saytidan, shuningdek, Samarqand aeroportidagi 24 soat faoliyat yurituvchi chiptaxonasidan xarid qilish mumkin.

 

Qo'shimcha ma'lumot:

AIR MARAKANDAO‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasida birinchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya. Samarqand aeroportining yangi xalqaro terminali uch yildan buyon ketma-ket World Airport Awards (SKYTRAX) xalqaro aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikka kirdi. Yevropaning ACI Europe tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2024-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroporti o’rta toifali aeroportlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

AIR MARAKANDA matbuot bo’limi

Теl.: +998 97 9078767

Email: pr@airmarakanda.com

Sayt: https://samarkandairport.com/

Back to news list